Toshkent tibbiyot akademiyasi, Samarqand davlat tibbiyot universiteti, O‘zbekiston psixiatrlar assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan tadbir gibrid formatda olib borildi.

videoreportajga havola: https://t.me/UzPAorg/1675

Unda Fransiya, Shveysariya, Vengriya, Shvetsiya, Germaniya, Niderlandiya, Hindiston, AQSH, Turkiya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston yetakchi mutaxassislari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida 100 nafardan ortiq yosh psixiatr va narkologlar o‘qitildi.

Bu ilmiy-ma’rifiy loyihasi doirasida ruhiy salomatlik xizmatlari sohasiga oid hamkorlikni rivojlantirish, hamda psixiatriya, psixoterapevtik va narkologiya, shuningdek, dori vositalari bilan davolashni tashkil etishni takomillashtirish maqsadida psixiatriya va narkologiya yu‌nalishidagi mutaxassislar malakasini oshirish maqsadida, o‘zaro anglashuv va hamkorlik to‘g‘risida shartnomalar imzolandi:


1. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Tojikiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining Respublika klinik psixiatriya shifoxonasi o‘rtasida.

2. Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Qirg‘iziston psixiatriya uyushmasi o‘rtasida.

26 aprel kuni II «Yosh psixiatr va narkologlarning bahorgi Samarqand ilmiy maktabi» ning yakuniy kuni bo’lib o’tdi.

Kun voqealarga boy bo’ldi.
Ko’p yillar davomida O’zbekistonning ruhiy salomatlik xizmatini rivojlantirishga katta hissa qo’shgan, birinchi maktabimizni tashkil etishda biz bilan birga bo’lgan, yetakchi xorijiy muassasalar bilan hamkorlikni yo’lga qo’yish va rivojlantirishga yordam bergan «Belarus psixiatriya assotsiatsiyasi» bilan hamkorlik to’g’risidagi bitimning rasmiy imzolanishi muhim voqea bo’ldi.

 

By kafedra

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.