2019 yil 4 sentyabr kuni TTA Psixiatriya va narkologiya kafedrasi talabalar uchun o’z eshiklarini ochdi. Shu munosabat bilan tantanali yig’ilish bo’lib o’tdi, unda kafedra xodimlari, bakalavriatura va magistratura talabalari ishtirok etdilar.

Majlisni kafedra mudiri t.f.d. Ashurov Zarifjon Sharifovich kirish so’zi bilan ochdi. Zarifjon Sharifovich yig’ilganlarni o’quv yili boshlanishi bilan tabriklab, psixiatriyaning ilm va kasbiy mutaxassislik sifatida dolzarbligini ta’kidladi.

Keyin Psixiatriya va narkologiya kafedrasi assistenti Rajapboyev Inomjon Sherikbayevich “Jonajon O’zbekiston!” mavzusida ma’ruza qildi. Ishtirokchilar bunday nutqlarning ahamiyatini yuqori baholadilar, talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollarini berdilar.

Yakunida magistratura talabalari o’rtoqlari uchun samimiy so’zlar bilan chiqishdilar.

By kafedra

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.