
Diplomlarni tibbiyot fanlari doktori, professor, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori, psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri Ashurov Z.Sh. va Tibbiy profilaktika va jamoat salomatligi fakulteti dekani tibbiyot fanlari doktori, professor Salomova F.I. topshirdilar.
🎓Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi huzuridagi Ilmiy kengashi qaroriga asosan psixiatriya va narkologiya kafedrasi assistenti Kevorkova Marina Anatolevna va Ruhiy salomatlik markazi kichik ilmiy xodimi Lyan Yekaterina Mixaylovna PhD darajasiga sazovor bo‘ldilar.
🌟Ushbu voqea O‘zbekistonda ruhiy salomatlik sohasidagi mutaxassislarni tayyorlashning yuqori darajasini tasdiqlaydi va ilmiy salohiyatni yanada mustahkamlaydi.

