
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufudagi Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida 10.11.2025 yil Psixiatriya va narkologiya kafedrasi professor o‘qituvchilari tashrif buyurib o‘quvchi yoshlar bilan har-hil mavzularda davra suhbatlari tashkil qilindi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” (PQ-4860-son, 2020 yil 13 oktyabr) qaroriga muvofiq, xalq ta’limi tizimida inklyuziv ta’limni rivojlantirish konsepsiyasi yaratildi.
Mamlakatimizda imkoniyati cheklangan bolalarni o‘qitish, tarbiyalash, kasb-hunarga yo‘naltirish, jamiyatga uyg‘unlashtirish masalalalari davlat siyosatining dolzarb yo‘nalishlaridan hisoblanadi.
Tadbirning asosiy maqsadi — maxsus ehtiyojli talabalar bilan ishlashning zamonaviy pedagogik va psixologik yondashuvlari bilan tanishish, tajriba almashish va ilmiy hamkorlik yo‘llarini muhokama qilishdan iborat bo‘ldi. Shu bois, maxsus texnikumning zaif ko‘ruvchi o‘quvchilari uchun “Psixiatriya va narkologiya” kafedrasi tomonidan tibbiy ko‘riklar tashkil etish rejalashtirildi.

