Depressiya — bu uzoq davom etadigan tushkunlik, qiziqishning yo‘qolishi, charchoq, ishtaha va uyquda buzilishlar bilan namoyon bo‘ladigan ruhiy holat. Bu oddiy kayfiyat pasayishidan farqli ravishda, insonning kundalik hayotiga jiddiy ta’sir qiladi.

Depressiyaning kelib chiqish sabablari:
Psixologik: stress, ruhiy jarohatlar, yaqin insonni yo‘qotish.
Biologik: miya kimyosining o‘zgarishi, gormonlar disbalansi.
Ijtimoiy: yolg‘izlik, ishsizlik, ijtimoiy bosim.
Irsi omillar: oilada depressiyaga moyillik bo‘lishi mumkin.

❓Depressiya paytida nima qilish kerak?

🔵O’zingizni yolg‘iz qoldirmang, yaqinlar bilan suhbatlashing.
🔵Toza havoda yurish, jismoniy faollikni oshiring.
🔵Uxlash va ovqatlanish tartibini yo‘lga qo‘ying.
🔵Professional yordam — psixolog yoki psixiatrga murojaat qiling.
🔵O’z-o’zini ayblash yoki yakkalanib qolishdan saqlaning.

✔️Depressiya — bu jiddiy, ammo davolanadigan holat. Uning sabablarini anglab, vaqtida choralar ko‘rilsa, undan chiqish mumkin. O‘z holatingizni inkor etmang, yordam so‘rash zaiflik emas, aksincha kuchlilikdir.

By kafedra

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.