Bemor F., 21 yosh. Onasi o’pka silidan vafot etgan. Otasi alkogolik, mast holatida bolani hushidan ketguncha urgan. Chala tug’ilgan. Nimjon, kasalmand bo’lib o’sgan. Bir yoshgacha tez-tez «yig’ida bo’lgan, ko’karib ketgan». Bolaligidan u maydakashlik, sustkashlik va «ishdagi jiddiylik» bilan ajralib turardi. 8 yoshdan maktabga borgan, 8 sinf va kasb-hunar maktabini tugatgan. Duradgor bo’lib ishlaydi.

12 yoshdan boshlab, u asossiz g’azablanadigan, tajovuzkor, «odamlardan qochib», jimgina kelib, kechirim so’rash holatlari mavjud bo’lgan. 14 yoshidan boshlab hushini yo’qotish bilan keluvchi tutqanoqli hurujlar paydo bo’lgan, sinfda, ustaxonada yiqilgan, unga nima bo’lganini eslay olmagan. O’sha vaqtdan beri u tutqanoqqa qarshi vositalarni deyarli muntazam ravishda qabul qilgan.

Bemorning fe’l-atvorida hushomadgo’ylik, tilyog’lamalik paydo bo’ldi, maydakashlik «ishchanlik» kuchayib ketdi, ba’zida g’azab, shafqatsizlik, o’zini tutib tura olmaslik bilan almashar edi.

Bir kuni u vaqtidan tashqari ishlagan. To’satdan polirovkalangan shkafni bolg’a bilan sindira boshladi, uning qoldiqlarini sochib tashladi. Atrofdagilarni tanimadi, bir nimalarni ma’nosiz baqirdi. To’satdan u qotib qoldi, ma’nosiz atrofga qaradi va yana ustaxonada yugurdi. Uni tutib olish harakatlariga qarshilik ko’rsatdi, bolg’a bilan taxdid qildi. Yana to’satdan 15-20 daqiqadan so’ng, u to’xtadi, o’tirdi, uxlab qoldi. Uyg’onib, u hech narsani eslay olmadi, xodimlarning so’zlariga ishonmadi.

Sindromlarni va tashxisni aniqlang.

By kafedra

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.