Bugungi kunda yurtimizning turli tibbiyot oliygohlarida minglarcha bakalavrlar bitiruvchilari tor soha mutaxassisligi tanlash uchun magistratura va / yoki ordinatura bosqichlariga xujjat topshirish arafasidalar. Ayni boshi qotgan bitiruvchilarga o’z sohamni qanday va nima uchun tanlaganim bilan o’rtoqlashmoqchiman.
Ассалому алейкум! Мужчины Ксолмо’минов Азизбек Эркин ог’ли Тошкент тиббиёт академини тиббий педагогика факультетини 2020 йильда битирдим ва шу йили ТТА «Псиксиатрия ва наркология» кафедрасининг «Псиксиатрия» йо’кишгалясига магистра.
«Энг йаксши касб- бу хоббидир»
Нега тиббиётнинг шунча кызык сохалари турганда бу сохани танлаганимга кызыкаётганларга бакалврлигим даврида кылган ишларим ва кызыгган бошка сохаларим хакида бироз айтиб бермокчиман.
Bakalavrligim paytida tibbiyotning turli sohalarida o’zimni sinab ko’rar edim. Тушунчам бойича шифокорнинг асосий вазифаси беморларни даволаш. Лекин, бу ердаги нозик масала
– qanday qilib ko’plab bemorlarni davolash?
– qanday qilib tezroq davolash?
Шубхасиз, аник ко’йилган ташхис, замонавий билимларни узлуксиз кузатиб бориш, о’злаштириш, амалиётга татбик килиш ко’илган саволларга йечим топишга йордам беради.
Sizga savol bermoqchiman!
Tashxissiz bemorni davolab bo’ladimi?
Savolni ochiq qoldirib, davom etaman. Javobingiz qanday bo‘lishidan qat’iy nazar bir narsa aniq, «Aniq qo‘yilgan tashxis davolashni, davolash esa bemor taqdirini hal qiladi». Shu aqidaga suyanib, Respublika onkologiya markazi patalogik anatomiya bo‘limida patamorfolog Dr Sirojiddin aka yonida respublikamizdagi kam mutaxassisga ega, ammo onkologik kasallarga o‘z qo‘ygan gistologik tashxisi bn davolash jarayonlarini belgilab beruvchi sohani o‘rgana boshladim. Immunogistokimyo bilan qiziqdim.
Xalq tilida eski ToshMI deb ataluvchi xozirgi stomatologiya instituti ichida TTA ning uchinchi klinikasi joylashgan. Bu yerning nefrologiya bo‘limida ham yarim yillar navbatchiliklarga qatnaganman.
Bu qatnashlarim shunchaki borib kelishlar emas, balki yaxshi shifokor bo‘lishga, ma’lum bir sohani puxtaroq o‘zlashtirishga bo‘lgan urinishlarim deb qabul qilasiz.
Bakalavriatni tugatib, tor soha tanlash jarayonida doim qiziqib kelgan, ammo deontologik va ijtimoiy qoidalar sababli amaliyot o‘tash imkonim bo‘lmagan psixiatriya sohasini tanladim.
Avval aytganimdek, fidoyi shifokor doim ko‘proq bemorlarni tezroq sog‘aytirishga bo‘lgan ishtiyoq bilan yashashi kerak. O‘z kasbida moxir bo‘lgan hech bir shifokorni xalq toptagan emas, aksincha duo bilan alqab,boshiga ko‘targan. Ruhiy kasallikka uchragan bemorlar ham kimningdir otasi yo onasi, akasi yo ukasi, opa yoki singlisi, xullas bir inson ekanligini aslo va aslo unutmasligimiz kerak. Har qanday davlat o‘z fuqarolarining salohiyati, ish qolbiliyati bilan jamiyat sifatida shakllangan boshqaruv shakli ekanligi, bunda har bir inson boylik ekanligini aqlli inson tezda faxmlaydi. Ruhiy bemorlar esa o‘z ish qobiliyatini turli yoshda turli darajada yo‘qotgan insonlar bo‘lib, ularni jamiyatning to‘laqonli a’zosiga aylantirish bilan aynan psixiatriya sohasi shug‘ullanadi. Ushbu soha tibbiyotning nisbatan yosh sohasi bo‘lishiga qaramasdan, soha bemorlaridagi muammolar insoniyat mavjud bo‘lganidan beri bor.
Bizning «Psixiatriya va narkologiya» kafedrasi xodimlari jahonning turli yetakchi davlatlaridagi psixiatiya uyushmalari va olimlari bilan doimiy mustaxkam aloqada.
Kafedramiz mudiri professor Ashurov Zarifjon Sharifovich dunyo tan olgan yosh olim.
U kishi boshchiligida kafedra xodimlari, ustozlarimiz doimiy ilmiy izlanish jarayonidalar. «Qovun qovundan rang oladi» maqoli bejizga aytilmagan. Ustozlarimizdagi shijoat, ilmga bo‘lgan intilish biz shogirtlarga ham yuqib,bir necha nufuzli jurnallarda maqola va tezislarimizni e’lon qildik.
О’ргатишдан чарчамайдиган устозларимиз билан факсрланамиз. Сиз, кадрли битирувчи бакалавр, соха танлашда адашманг. Муаммо катта джойда манфаат ко’прок тегади. Xozirgi vaqtda internet olamida tinimsiz aylanayotgan xotira (https://youtu.be/9PWNBkA_0Zs) haqidagi bilimlarni, ong osti (https://youtu.be/1YQ7NtDhJak) haqidagi, (https://youtu.be/4ktBqdbaZPo) ilmini o’rganib bemorlarni davolashda qo’llang, psixoterapiyabilan shug’ullanib (https://youtu.be/HWmFRA8QYTk) Volf Messing darajasiga stilling !!!
Buning uchun kafedramizda xamma imkoniyatlar, eng muximi ilmiy muhit borligini xisobga oling !!!
Sizlarga mustahkams sog’lik tilab Доктор Азизбек Эркин o’g’li o’z fikrlarini o’rtoqlashdi !!!