O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 20.04.2017 yil 2909-sonli “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori, 16.03.2018 yil 3606-sonli “Psixiatriya yordami tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, 2019 yil 13 fevraldagi 4190-sonli «O’zbekiston Respublikasi aholisining ruhiy salomatligini muhofaza qilishni rivojlantirishning 2019 – 2025 yillarga mo’ljallangan konsepsiyasini tasdiqlash to’g’risida» gi qaroriga binoan Toshkent Tibbiyot Akademiyasi O’zbekiston psixiatrlari Assotsiatsiyasi bilan hamkorlikda TTA professor-o’qituvchilari, magistr va ordinatorlari hamda boshqa tibbiyot sohalari mutaxassislari uchun «COVID-19 pandemiyasi sharoitida birinchi psixotik epizod muammosi» deb nomlangan psixiatriya sohasida onlayn ilmiy-amaliy anjumani tashkil etildi. Onlayn ilmiy-amaliy anjuman 2020 yil 8 mayda Zoom internet-maydonida video-konferentsiya orqali bo’lib o’tdi.

 

Ma’ruzachi: Ashurov Zarifjon Sharifovich, t.f.d., dotsent, Toshkent Tibbiyot Akademiyasining psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri, O’zbekiston psixiatrlari assotsiatsiyasi Prezidenti

Ma’ruzaning mavzusi: «COVID-19 pandemiyasi sharoitidagi birinchi psixotik epizod muammosi»

Anjumanning asosiy maqsadi – ruhiy buzilishlar muammosi bo’yicha innovatsion bilimlarni tarqatish, turli mutaxassislik shifokorlarining COVID-19 pandemiyasi davrida birinchi psixotik epizod bilan og’rigan bemorlarga yordam berishda o’zaro ta’sirini yaxshilash.

Anjumanning asosiy yo’nalishlari kunning dolzarb savollari bo’lgan quyidagi muammolarni yoritishga bag’ishlangan:

  1. Birinchi psixotik epizod va COVID-19
  2. Birinchi psixotik epizodning bashoratli ahamiyati
  3. Birinchi psixotik epizodni davolashda kompleks yondashuv muammosi
  4. Birinchi psixotik epizodning psixofarmakoterapiyasining xususiyatlari

 

Anjuman raislari:

Azizova Feruza Lutpillayevna, t.f.d., professor, Toshkent Tibbiyot Akademiyasining ilmiy va innovatsion ishlar bo’yicha prorektori

Ashurov Zarifjon Sharifovich, t.f.d., dotsent, Toshkent Tibbiyot Akademiyasining psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri, O’zbekiston psixiatrlari assotsiatsiyasining Prezidenti

2020 yil 8-may kuni soat 12:00da, anjuman raislarining salomlashish nutqlari va tabriklari bilan video-konferentsiya boshlandi: Azizova Feruza Lutpillayevna, Toshkent Tibbiyot Akademiyasining ilmiy va innovatsion ishlar bo’yicha prorektori va Ashurov Zarifjon Sharifovich, Toshkent Tibbiyot Akademiyasining psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri, O’zbekiston psixiatrlar assotsiatsiyasi Prezidenti.

So’ng, soat 12:15da so’z ma’ruzachi Ashurov Zarifjon Sharifovichga «COVID-19 pandemiyasi sharoitidagi birinchi psixotik epizod muammosi» mavzusidagi dokladiga berildi.

 

Format: taqdimot (45 min.) keyingi muhokamasi bilan

Soat 13:00 da anjuman qatnashchilariga yakuniy xulosalarini muhokama qilish uchun so’z berildi

Soat 13:15 da xulosa chiqarish. Ashurov Zarifjon Sharifovich barcha ishtirokchilarga muammoga faol qiziqish ko’rsatganligi va ajratgan vaqti uchun minnatdorchilik bildirdi.

Soat 13:30 da video-konferentsiya yakunlandi.

 

Onlayn-anjuman davomiyligi – 1,5 soat

By kafedra

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi. Majburiy bandlar * bilan belgilangan

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.