O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazi hamkorligida “Psixiatriya va narkologiya” xalqaro talabalar fan olimpiadasi bo’lib o’tdi. Tadbir boshida Rais,
TTA Psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri, t.f.d. Ashurov Zarifjon Sharipovich so‘zga chiqib, ishtirokchilarni tabrilkadilar va barchaga zafarlar tilagan holda olimpiyadani ochiq deb e’lon qildilar. So‘ng, Moderator, Userbayeva Roza Kuralbayevna anjuman hay’at a’zolari va anjuman reglamenti bilan tanishtirib o‘tdi. 10:30 da ishtirokchilar uchun ochilgan maxsus telegram guruhiga google test uchun havola yuborildi va ishtirokchilar birinchi bosqich testlarini yechdilar. Natijalarga ko‘ra so‘ngi 6 nafar ishtirokchi teng ball to‘plagani uchun ikkinchi bosqichga 16 nafar ishtirokchilar o‘tdi.
Ikkinchi bosqich 11:10 da boshlandi. Talabalar zoom platformasida biletlar tanlagan holda berilgan vaziyatli masalalarni yechdi. Ishtirokchilarga qo‘shimcha savollar berildi. Ikkinchi bosqich 13:30 da yakunlandi. Natijalarga ko‘ra 3 chi bosqichga 6 nafar ishtirokchilar o‘tdi.
3 chi bosqich soat 13:40 da boshlanib, 13:50 da yakunlardi. Ishtirokchilar 1 daqiqa ichida berilgan savollarga tezlik bilan javob berishdi. tadbir natijalariga ko’ra 9 nafar ishtirokchilar yuqori ball to’plab g’olib deb topildi.
Tadbir yakunida Ashurov Zarifjon Sharipovich, TTA psixiatriya va narkologiya kafedrasi professori, t.f.d.,
barcha talabalarni va tashkilotchilarni tabriklab, talabalar ilmiy ishlari va o‘qishlarida muvaffaqiyat tiladilar