TTA Psixiatriya va narkologiya kafedrasi hamda Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy markazi hamkorligida “PSIXIATRIYA, NARKOLOGIYA VA PSIXOTERAPIYA DOLZARB MASALALARI TALABALAR NAZARIDA” XALQARO TALABALAR ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI bo’lib o’tdi.
Anjuman boshida Rais, TTA Psixiatriya va narkologiya kafedrasi mudiri, t.f.d. Ashurov Zarifjon Sharipovich so‘zga chiqib, ishtirokchilarni tabrilkadilar va barchaga zafarlar tilagan holda anjumanni ochiq deb e’lon qildilar. So‘ng, Moderator, Userbayeva Roza Kuralbayevna anjuman hay’at a’zolari va anjuman reglamenti bilan tanishtirib o‘tdi. Keyin, ishtirokchilar dasturga asosan ma’ruzalarini taqdim etishdi. hamma ma’ruzalar tinglab bo’lingach ishtirokchilar to’plagan ballari hisobga oinib g’olib ishtirokchilar aniqlandi.
Anjuman yakunida Ashurov Zarifjon Sharipovich, TTA psixiatriya va narkologiya kafedrasi professori, t.f.d.,barcha talabalarni va tashkilotchilarni tabriklab, talabalar ilmiy ishlari va o‘qishlarida muvaffaqiyat tilab, kelgusi xalqaro talabalar konferenciyasida omad tiladilar.