O’zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi tasarrufudagi Respublika imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan maxsus texnikumida 23.01.2025 yil Psixiatriya va narkologiya kafedrasi professor o‘qituvchilari tashrif buyurib o‘quvchi yoshlar bilan har-hil mavzularda davra suhbatlari tashkil qilindi.

Hisob-kitoblarga koʻra, hozir mamlakatimizda 600 mingga yaqin nogiron bor, ularning 100 mingga yaqini 16 yoshgacha boʻlgan bolalardir. Koʻpchiligi Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Toshkent shahri, Qashqadaryo, Andijon, Samarqand, Namangan va Surxondaryo viloyatlarida istiqomat qiladi.

Ularning orasida bogʻcha, maktab, lisey va kollejlarga qatnay olmaydiganlari, ya’ni ta’lim olishga layoqatsizlari ham bor. Bunga imkoniyati etadiganlarni oʻqitish kerak. Ularni kelajakda kiynalmasligi uchun ham ta’lim-tarbiya olishi, kasb-hunar oʻrganishi lozim. Qonunchiligimizda 12 yillik ta’lim majburiy va bepul etib belgilangani nufuzli xalqaro va xorijiy davlatlar tomonidan Oʻzbekistonning ta’lim olish huquqini ta’minlash sohasidagi eng katta yutugʻi sifatida e’tirof etib kelinadi. Oʻrganishlar shuni koʻrsatmoqdaki, nogiron bolalarni maktabgacha ta’lim muassasalari, umumta’lim maktablariga qamrab olishda muammo deyali yoʻq, borlarini ham yoʻl-yoʻlakay hal qilsa boʻladi. Ularning lisey, kollej va oliy oʻquv yurtlarida oʻqishlari uchun zarur shart-sharoit yaratib berish esa, kun tartibidagi masalalardan biri boʻlib turibdi. Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 17 mayda «Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun ixtisoslashtirilgan kasbgʻxunar kollejlari faoliyati tugʻrisida»gi qarori bilan Toshkent va Fargʻona shaharlarida Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tizimida 2-ta, Toshkent va Samarqand shaharlarida Oʻrta maxsus kasb-hunar ta’limi markazi tizimida yana 2-ta maxsus kollej tashkil etilgan. Bugun ularda mingdan ziyod yigit-qizlar ta’lim olayapti. Ushbu yoʻnalishdagi ta’limni rivojlantirishda halqaro loyixalar, shu bilan birga, jamoat fondlari, va nodavlat notijorat tashkilotlari, Respublika bolalalar ijtimoiy moslashuv markazining koʻmagi katta boʻlayapti.

Oʻrta-maxsus, kasb-hunar tizimida imkoniyati cheklangan, shu jumladan eshitish qobiliyati past, kar, koʻr, zaif koʻruvchi, turli darajadagi aqli zaif, umumiy kasalliklar bilan kasallangan nogiron hamda oyoq-qoʻlida nuqsoni bor bolalar uqitilayapti. Oʻrta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi ma’lumotlariga koʻra, xozir akademik liseylarda 419ta, kasb-hunar kollejlarida 3576 nafar nogiron yigit-qiz qamrab olingan.

By kafedra

Leave a Reply

Your email address will not be published. Required fields are marked *

This site uses Akismet to reduce spam. Learn how your comment data is processed.